Ten Xag Bellingemning JCh-2022dagi o'yinidan hayratda qolgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34
39Erik ten Xag Qatarda bo'lib o'tgan jahon chempionatida Jud Bellingemning ko'rsatgan o'yinidan hayratda qolgan.
Manchester Evening News xabariga ko'ra, jahon chempionatidan so'ng "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi o'z atrofidagilarga dunyoning istalgan futbolchisini qo'lga kirita olsa, Bellingemni tanlashini aytgan.
Klub vakillari ham "Borussiya" yarim himoyachisining o'yinidan qoyil qolishmoqda va uni "Pol Pogbaning merosxo'ri" sifatida ko'rishmoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, Ten Xag "Borussiya Dortmund"ning joriy mavsumdagi o'yinlarini kuzatgan va Bellingemning ajoyib salohiyatini qayd etgan, biroq u Angliyadan farqli o'laroq, Bellingem Dortmund "Borussiya"sida o'ynaganida har doim ham eng yaxshi o'yin ko'rsatmasligini payqagan.
Oldinroq, Bellingemga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Boshqa da'vogarlar orasida "Manchester Siti", "PSJ", "Real" va "Chelsi" ham bor.