Barellaga Premer-liganing ikki grandi qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 59
Yozgi transfer oynasida yarim himoyachi Nikolo Barella "Inter"ni boshqa klubga o'zgartirishi mumkin. Calciomercatoweb xabariga ko'ra, 26 yoshli italiyalik futbolchiga Angliya Premer-ligasining ikki giganti qiziqish bildirmoqda. Gap “Liverpul” va “Chelsi” haqida ketmoqda.
Qayd etilishicha, “Inter” Barellaning transferi uchun 50 million evro talab qiladi. Shu bilan birga Transfermarkt portali ekspertlari Italiya terma jamoasi futbolchisini 70 millionga baholamoqda.
2022/2023 yilgi mavsumda Nikolo Barella “Inter” safida turli musobaqalarda 38 ta o'yinda maydonga tushdi. Ularda futbolchi oltita gol urdi va sheriklariga sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!