Messi nihoyat gol urdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 56
Lionel Messi "PSJ" safida 5 o'yindan keyin birinchi marta gol urdi.
Parijliklar jamoasi hujumchisi Liga 1ning 30-turi doirasidagi “Nitstsa”ga qarshi uchrashuvda (1:0, birinchi bo'lim) hisobni ochdi.
Argentinalik futbolchi 4-martdan beri ilk bor "PSJ" bilan o'yinda gol urdi – o'shanda u “Nant” darvozasini ishg'ol qilgandi (4:2). "Bavariya" (0:2), "Brest" (2:1), "Renn" (0:2) va "Lion" (0:1) bilan o'yinlarda Messi gol ura olmadi.
Joriy mavsumda Liga 1da 25 ta o'yinda Lionel 14 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!