Dembele va "Barselona" o'rtasidagi muzokaralar to'xtab qolgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35
"Barselona" va Usmon Dembele o'rtasidagi shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar to'xtatildi.
Kataloniya klubi va vinger atrofidagilar faqat dastlabki muzokaralarni olib borishgan holos.
Diario Sport xabariga ko'ra, "Barsa" Dembelening qolishini istaydi, ammo moliyaviy qiyinchiliklar tufayli maoshini oshira olmaydi.
Maoshni oshirish faqat 2024/25 yilgi mavsumdan boshlab amalga oshishi mumkin. Dembelening amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Agar shartnomani uzaytirish masalasi hal etilmasa, "Barselona" frantsuzni sotishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!