Son: «Jamoadoshlarimsiz buni uddalay olmasdim»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 40
«Tottenxem» hujumchisi Son Xyon Min Angliya premer-ligasidagi 100-golidan so'ng o'z his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.
Janubiy koreyalik futbolchi bugungi «Brayton»ga qarshi o'yinning o'ninchi daqiqasidayoq gol urdi va «shporlar»ning 2:1 hisobidagi g'alabasini ta'minladi.
«Men bu yutuqni orzu qilardim. Jamoadoshlarimsiz buni uddalay olmasdim. Premer-ligada yuzta gol urish bu ajoyib narsa.
Umid qilamanki, bu yutuq bilan barcha osiyolik va janubiy koreyalik futbolchilarni ilhomlantira olaman - ular ham bunga erishishlariga ishonishlarini xohlayman», - dedi forvard.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!