Galte Mbappening kichik jarohati haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23
“PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe ertalabki mashg'ulotda jarohat oldi. Uning tizzasida muammolar bor. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Kristof Galte aytib o'tdi.
"Mbappe sonidagi noqulaylik tufayli mashg'ulotlarni to'xtatdi. Ammo bu uning "Nitstsa"ga qarshi o'yindagi ishtirokiga xavf solmaydi", - dedi Galte matbuot anjumanida.
“PSJ” – “Nitstsa” uchrashuvi ertaga, 8 aprel kuni “Alyans Riviera”da bo'lib o'tadi.
29-turdan so'ng "PSJ" Frantsiya 1-ligasida 66 ochko bilan “Lans” va “Marsel”ni 6 ochkoga ortda qoldirib peshqadamlik qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!