UEFA maslahat kengashi tarkibiga jahon futboli yulduzlari kiradi: Mourino, Sautgeyt, Zidan...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38
Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) yangi maslahat organi – futbol qo'mitasini tuzdi, unda taniqli murabbiylar va mashhur futbolchilar yig'iladi. Xorvatiyalik va "Milan"ning sobiq futbolchisi Zvonimir Boban boshqaruv raisi bo'ldi. Bu haqda Times nashriga tayanib, Goal xabar bermoqda.
Qo'mita o'yin qoidalari, hakamlik va futbol taqvimi bilan bog'liq masalalarni taqdim etadi. Hozirgacha 20 a'zo tasdiqlangan, jumladan Karlo Anchelotti, Paolo Maldini, Fabio Kapello, Xaver Zanetti, Luish Figu, Filipp Lam, Ronald Kuman, Mikael Laudrup, Rafa Benites, Roberto Martinez, Predrag Miyatovich, Yurgen Klinsman, Rudi Tsexman, Petrxoller , Xuan Mata va Robbi Kin. Patrik Vieyra va Dide Drogba ham taklifnoma oldi.
Bundan tashqari, ingliz nashri Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt, portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino, Frantsiya va Madridning “Real” klubi afsonasi Zinedin Zidan, shuningdek, Rio Ferdinand kabi yulduzlar safga qo'shilishi mumkinligini yozmoqda. Qo'mitaning birinchi yig'ilishi 24 aprelga belgilangan.