"Barselona" Amrabatni sotib olmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 42
"Fiorentina" yarim himoyachisi Sofian Amrabat "Barselona"ga o'tmaydi. Bu haqda jurnalist Luis Migelsants ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "Barselona" qishda Amrabatni qo'lga kiritishga yaqin turgandi, biroq "binafshalar" o'z yarim himoyachisini sotishdan bosh tortishgan. Ayni damda Kataloniya klubi 26 yoshli marokashlik futbolchining nomzodi qimmatligi sababli ko'rib chiqmayapti.
Joriy mavsumda Amrabat barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 39 ta o'yin o'tkazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!