Ellardays "Lester Siti"ni boshqarishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37
Mashhur ingliz mutaxassisi Sem Ellardays Brendan Rojers “tulkilar”ni tark etganidan so'ng “Lester” bosh murabbiyligiga da'vogarlardan biriga aylandi.
Manba bergan xabarga ko'ra, 68 yoshli mutaxassisning nomzodini "Lester"ning kadrlar bo'limi rahbari Martin Glover qo'llab-quvvatlamoqda. U "Blekbern", "Sanderlend", "Vest Xem" va "Everton"da faxriy murabbiy bilan ishlagan. Ayni damda klubga jamoani chempionshipga tushib ketishdan qutqaradigan odam kerak.
Eslatib o'tamiz, "Lester" bu mavsumni yomon o'tkazmoqda. Ayni damda Angliyaning bir vaqtlar chempioni 25 ochko bilan turnir jadvalida atigi 19-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!