"Fiorentina" ketma-ket 9 o'yindan buyon g'alaba qozonmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 40
Italiya kubogining birinchi yarim final uchrashuvida "Fiorentina" safarda "Kremoneze"ni mag'lub etdi — 2:0. Ma'lum bo'lishicha, bu klub ishtirok etadigan barcha turnirlar - chempionat, kubok va Konferentsiyalar ligasini inobatga olgan holda "Fiorentina"ning ketma-ket to'qqizinchi g'alabasi bo'ldi.
Qizig'i shundaki, ushbu seriya davomida "Fiorentina" avvalroq ham "Kremoneze"ni mag'lub etgan edi - chempionatda 2:0. Klub 1960 yilning aprel oyidan buyon bunday muvaffaqiyatli seriyaga ega emas edi, o'shanda ham klub ketma-ket to'qqizta o'yinda g'alaba qozongan.
“Fiorentina” navbatdagi o'yinda A Seriyada “Spetsiya”ga qarshi maydonga tushadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!