Reshford JChdan so'ng gol urish bo'yicha faqat Osimxendan ortda qolmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31
Markus Reshford APLda jahon chempionatidan keyin 11-golini urdi.
"Manchester Yunayted" hujumchisi APLning 25-turida "Brentford" bilan o'yinda (1:0) hisobni ochdi. Bu 25 yoshli futbolchining JCh-2022 bilan bog'liq tanaffusdan so'ng APLdagi 11-goli bo'ldi.
“Napoli” hujumchisi Viktor Osimxen Evropaning top-5 ligalari ichida ushbu davrda chempionatda ko'proq gol urgan yagona futbolchi bo'ldi. Uning hisobida A Seriyada 12 ta gol bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!