"Real" futbolchisiga bir qator chempionatlardan qiziqishlar bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 65
"Real" hujumchisi Mariano Diasning agenti mijozi faoliyatini qaerda davom ettirishi mumkinligini aytdi.
Eslatib o'tamiz, hujumchi mavsum yakunida "qirollik klubi" bilan shartnomasini tugatadi.
"Mening mijozimga Premer-liga, A Seriya va Bundesliga klublaridan qiziqish bor. Mariano universal o'yinchi ekanligi sababli, unga har doim Evropada talab katta. U o'zini baxtli his qiladigan jamoa topmoqchi. Bu uning "Real"da baxtsiz ekanligini anglatmaydi, lekin uning shartnomasi tugayapti. Yangi jamoa tanlashda ko'p holatlarni hisobga olishimiz kerak. Bizga har uch oyda bir yangi qiziquvchi klub murojaat qiladi" - dedi Diasning agenti Bolavip bergan intervyusida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!