"Arsenal" Tavareshning kelajagini hali hal qilmagan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35
Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Nunu Tavareshning kelajagini hozircha hal qilmagan. Eslatib o'tamiz, portugaliyalik ushbu mavsumda ijara asosida "Marsel" safida harakat qilmoqda.
Jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, futbolchi haligacha "Arsenal" rahbariyati bilan kelajagi haqida gaplashmagan. Muzokaralar may oyiga rejalashtirilgan.
Tavaresh Lissabonning "Benfika" klubidan transfer qilinganidan bir yil o'tib "Arsenal"ni tark etdi. Joriy mavsumda portugaliyalik futbolchi Frantsiya chempionatida 25 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urgan. Oldinroq “Marsel” mavsum yakunida himoyachini sotib olishni rejalashtirmagani haqida xabar berilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!