"Liverpul" "Napoli"ning koreyalik futbolchisini 60 million funtga xarid qilishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34
"Liverpul" "Napoli" himoyachisi Kim Min Djega qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi FourFourTwo. Manbaga ko'ra, mersisaydliklar 26 yoshli koreyalik uchun taxminan 60 million funt to'lashga tayyor.
Avvalroq, futbolchiga "PSJ" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.
Himoyachi o'tgan yozdan beri "Napoli"da to'p suradi, o'shanda neapolliklar uni "Fenerbaxche"dan 18 million evro evaziga sotib olgandi. Joriy mavsumda Kim Min Chje klub safida barcha turnirlar doirasida 35 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchining shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!