Ramush "Manchester Yunayted" uchun zaxira varianti bo'ladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 56
"Manchester Yunayted" Gonsalu Ramushga qiziqish bildirmoqda.
Jurnalist Ben Jeykobsning yozishicha, "qizil iblislar" asosiy transfer maqsadi bo'lgan "Napoli"dan Viktor Osimxenni qo'lga kirita olmasa, "Benfika" hujumchisi variantini ko'rib chiqmoqda. Qayd etilishicha, Ramushning o'zi yana bir mavsum “Benfika”da qolishga qarshi emas.
“Manchester Yunayted”da Xarri Keyn (“Tottenxem”) va Temmi Abraxam (“Roma”) ham muhokama qilinmoqda.
Ramush joriy mavsumda Portugaliyada 21 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!