Pyanich Evropa ligasi finalida "Yuventus" va "Roma"ni ko'rmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 41
Miralem Pyanich Evropa ligasi finalida qaysi jamoalarni ko'rishni istayotganini aytdi.
“Umid qilamanki, “Yuventus” keyingi bosqichga chiqa oladi. Men “Roma” va “Yuventus” o'rtasidagi Evropa ligasi finalini orzu qilaman”, dedi “Roma” va “Yuventus”ning sobiq yarim himoyachisi, hozirda BAAning “Sharja” klubida to'p surayotgan futbolchi.
Bosniyalik yarim himoyachi 2011 yildan 2016 yilgacha "Roma"da, 2016 yildan 2020 yilgacha "Yuventus"da o'ynagan.
Evropa ligasining chorak finalida “Yuventus” “Sporting” bilan, “Roma” esa “Feyenoord” bilan kuch sinashadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!