Luis Enrike: "Braziliyani boshqarishga tayyor emasman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 48
"Barselona" va Ispaniya terma jamoasining sobiq ustozi Luis Enrike Braziliya terma jamoasiga murabbiy bo'lishi mumkinligi haqidagi gaplarga nuqta qo'ydi. Uning so'zlariga ko'ra, u hali bunday mas'uliyatga tayyor emas.
"Bosh murabbiy izlayotgan jamoalar ko'p. Biroq Braziliya termasidek jamoani boshqarishga tayyor emasman. Braziliyadan hech kim menga bunday taklif bilan murojaat qilmadi", - deya ispaniyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi Italiyaning Itasportpress axborot agentligi.
Eslatib o'tamiz, Braziliya terma jamoasi Tite iste'foga chiqarilganidan keyin bosh murabbiysiz qolmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!