"MYu" muxlislari uchun yaxshi yangilik!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 69
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kristian Eriksen jarohatidan deyarli forig' bo'ldi.
31 yoshli futbolchi to'pig'idan olgan jarohati sabab yanvar oyidan beri maydonga tushmayapti. Avvalroq daniyalikning qaytishi aprel oyining ikkinchi yarmiga rejalashtirilgan edi, ammo jurnalist Devid Makdonnelning so'zlariga ko'ra, maydonga qaytish ancha oldinroq - keyingi dam olish kunlarida sodir bo'lishi mumkin.
2 aprel kuni “Manchester Yunayted” Angliya Premer-ligasi doirasida “Nyukasl”ga qarshi maydonga tushadi.
Kristian Eriksen joriy mavsumda “qizil iblislar”ning 31ta o'yinida maydonga tushib, ikki bor gol urgan va 9 marta jamoadoshlariga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!