"Chelsi" murabbiyi jamoadan chetlatildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 63
"Bavariya" qiziqishlari tufayli Entoni Berri "Chelsi"dan chetlatildi.
Nemis klubini qabul qilib olgan Tomas Tuxel 2021 yilda birga Chempionlar ligasida g'alaba qozongan Berrini murabbiylar shtabida ko'rishni istamoqda.
Londonliklar mutaxassisni mashg'ulotlardan chetlatdilar. Ma'lum bo'lishicha, Entonining o'zi "Bavariya"ga o'tishga qiziqmoqda.
Murabbiyning transferi bo'yicha munozaralar davom etmoqda, ammo "Chelsi" u Grem Potter bilan birga ishlashga qaytmasligini aniq aytdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!