O'zbekiston ayollar terma jamoasi Hindistonni mag'lubiyatga uchratdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34
Bugun poytaxtimizdagi "Paxtakor" stadionida O'zbekiston va Hindiston ayollar terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda qizlarimiz 3:2 hisobida g'alaba qozonishdi.
O'yin davomida jamoalar hisobda "quvlashmachoq" o'ynashdi. O'zbekistonliklar har safar hisobda oldinda borishgan bo'lsa, mehmonlar hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'lishdi. Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan 4-daqiqada Kamila Zaripova tomonidan urilgan gol O'zbekistonga g'alaba keltirdi — 3:2.
O'rtoqlik o'yini
O'zbekiston - Hindiston - 3:2
Gollar: Diyora Habibullaeva (7), Lyudmila Karachik (25-pen.), Kamila Zaripova (90+4) — Greys Dangmei (23), Indumanti Katiresan (61).
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!