Mourino «Roma»dagi kelajagiga tezroq oydinlik qilib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 47
«Roma» bosh murabbiyi Joze Mourino klub rahbariyati bilan o'zining kelajagi borasida tezroq gaplashib olmoqchi.
Portugalik murabbiy, agar jamoa kuchli to'rtlikka kira olmasa va Evropa chempionlar ligasida ishtirok etmasa, klub rahbariyatining rejasi qanday bo'ladi hamda 2023 yilning yozida qaysi futbolchilar xarid qilinishini bilib olmoqchi.
Mourino bu ishni yozgacha qoldirmasdan, tezroq amalga oshirmoqchi. Boisi, unga bir nechta top-klublardan takliflar bor.
Eslatib o'tamiz, mutaxassisning "Roma" bilan shartnomasi 2024 yilga qadar tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!