APL moliyaviy qoidalarga o'zgartirish kiritmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 56
Angliya Premer-ligasi moliyaviy qoidalarga o'zgartirish tayyorlamoqda. Premer-liga rahbari Richard Masters transferlar narxi va maoshlar daromadning 70 foizidan oshmasligi kerak bo'lgan UEFA tizimiga o'xshash moliyaviy tizimni ma'qullashini aytdi.
Mastersning fikricha, APL klublari bilan Chempionship klublari o'rtasidagi farq qisqaradi. Bularning barchasi haqida jurnalist Martin Tsigler ijtimoiy tarmoqlarda yozgan.
Ayni damda Angliya chempionati peshqadami "Arsenal" hisoblanadi. Londonliklar bir o'yinni ko'proq o'tkazgan holda ikkinchi o'rindagi "Manchester Siti"ni sakkiz ochkoga ortda qoldirmoqda. "Kanonirlar" 2004 yildan beri birinchi marta chempion bo'lishlari mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!