Fatining "Barselona"dagi kelajagi so'roq ostida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 41
Ansu Fatining "Barselona"dagi kelajagi so'roq ostida qolmoqda.
Diario Sport xabariga ko'ra, 20 yoshli qanot hujumchisining otasi Bora Fati "Barsa" direktorlari Xordi Kroyff va Mateu Alemani bilan uchrashgan. Ayni damda Ansuning Kataloniya klubidagi kelajagi aniqlanmagan va "blaugrana"ning og'ir moliyaviy ahvoli Premer-liga klublari qiziqish bildirayotgan futbolchining ketishiga hissa qo'shishi mumkin.
Jurnalist Elena Kondisning qayd etishicha, uchrashuvda Ansu Fatining ketishi mumkinligi haqida hech qanday gap bo'lmagan. Futbolchining otasi Ansuning jamoadagi rolidan xavotir bildirdi. Alemani esa futbolchiga ishonishlarini va tarkib borasida barcha qarorlarni Xavi qabul qilishini aytdi.
Joriy mavsumda Fati “Barselona” safida barcha turnirlar doirasida 38 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.