"Barselona" Karraskoning narxini tushirishga harakat qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34
"Barselona" "Atletiko" bilan Yannik Karrasko transferi borasida muzokaralar olib bormoqda.
Avvalroq, "Barselona" hujumchi Memfis Depay uchun "Atletiko" bilan kelishuvga Karraskoni 15-20 million evroga sotib olish variantini kiritgani xabar qilingandi.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, kataloniyaliklar kelishuvga erishilganiga qaramay, yaqin orada "Atletiko" vakillari bilan yana uchrashish niyatida. "Ko'k-anorranglilar" moliyaviy feyr-pleyni saqlab qolish uchun transfer narxini pasaytirmoqchi. Belgiyalik futbolchining madridliklar bilan shartnomasi 2024 yilda tugaydi. "Barsa" Madrid klubiga moliyaviy talablarini kamaytirish uchun bosim o'tkazadi.
Karrasko joriy mavsumda La Ligada 24 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.