"PSJ" e'tiborini "Napoli"ning koreyalik himoyachisi tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35
"PSJ" "Napoli" himoyachisi Kim Min Chjega qiziqish bildirmoqda.
Footmercato xabariga ko'ra, 1 iyuldan 15 iyulgacha futbolchini arzonlashtirilgan narxda - 52-53 million evroga sotib olish mumkin. Bu uning shartnomasida ko'rsatilgan tovon puli.
Himoyani kuchaytirish umidida “PSJ” koreyalikni ehtimoliy xaridlar ro'yxatiga kiritdi.
Kim Min Chje 2022 yilning yozida "Napoli"ga o'tgandi. U “Fenerbaxche”dan 20 million evroga sotib olindi va A Seriyada 26 o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!