«Ayaks»ning o'z futbolchisidan qancha ishlab olmoqchiligi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 41
«Ayaks» yarim himoyachisi Edson Alvaresga «Nyukasl Yunayted» qiziqish bildirmoqda.
Meksikalik futbolchi o'tgan yozda Angliya premer-ligasida ishtirok etishi mumkin edi, ammo uning «Chelsi»ga o'tishi muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Jurnalist Ekrem Ko'nurning yozishicha, 25 yoshli futbolchiga «Nyukasl» yangi da'vogar bo'ldi. «Ayaks» yarim himoyachi bilan xayrlashishga tayyor, biroq uning sotuvidan taxminan 50 million evro ishlab olmoqchi - bu «Chelsi» avvalroq taklif qilgan summa bilan bir xil. Mish-mishlarga ko'ra, futbolchiga «Arsenal» ham qiziqish bildirgan.
Edson Alvares joriy mavsum «Ayaks» safida 35 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning qiymatini 35 million evroga baholamoqda.