Messi otasidan Laporta bilan gaplashib ko'rishini so'radi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 40
Lionel Messi otasi orqali "Barselona"ga o'tish bo'yicha muzokara o'tkazmoqchi.
Kataloniyaning CCMA telekanali xabariga ko'ra, Xorxe Messi o'g'lining iltimosiga ko'ra klub prezidenti Joan Laporta bilan yana gaplashishi mumkin.
Futbolchining o'zi esa kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi bilan bog'lanib, ehtimoliy transferni muhokama qilmoqda. Ta'kidlanishicha, Kataloniya jamoasi futbolchilari ham, xodimlari ham argentinalikning ehtimoliy transferini qo'llab-quvvatlamoqda.
Messi joriy mavsumda "PSJ" safida Liga 1da 23 ta o'yinda maydonga tushdi va 13 ta gol urdi. Uning shartnomasi shu yozda tugaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!