"Roma" "Barselona" sobiq himoyachisini nishonga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 64
"Roma" "Vulverxempton"ning portugaliyalik himoyachisi Nelson Semeduga qiziqish bildirmoqda.
Xabarlarga ko'ra, italyan klubi futbolchini yozgi transfer oynasida, ya'ni "bo'rilar" bilan shartnomasi tugaydigan vaqtda o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Ingliz klubi shartnomani ikki mavsumga uzaytirish variantidan foydalanishi mumkin, ammo jamoa chempionshipga tushib ketsa, portugaliyalik erkin agentga aylanadi.
29 yoshli Semedu joriy mavsumda “Vulverxempton” safida barcha musobaqalarda 31 ta o'yinda maydonga tushdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!