"PSJ", "Man Yunayted" va "Chelsi" frantsiyalik iqtidor uchun kurash olib boradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 73
Myonxengladbaxning "Borussiya" klubining frantsiyalik yarim himoyachisi Manu Konega "PSJ", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" klublari qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda jurnalist Fabritsio Romano o'zining Twitter sahifasida.
Manbaning xabariga ko'ra, Frantsiya va Angliya klublari yozgi transfer oynasida futbolchini sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda. Nemislar futbolchini 50 million evroga baholamoqda.
21 yoshli Kone joriy mavsumda “Borussiya” klubi safida 25 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!