"Liverpul" jarima zarbalari ustasi bilan shartnoma imzolashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 50
"Sautgempton" yarim himoyachisi Jeyms Uord-Prouz yozgi transfer oynasida "Liverpul"ga o'tishi mumkin.
"Avliyolar"ning asosiy o'yinchisi mavsum oxirida klubini almashtirish haqida jiddiy o'ylamoqda va jamoasining chempionshipga tushib ketishi 28 yoshli futbolchining ketishini deyarli muqarrar qiladi.
Avvalroq Uord-Prouzga "Liverpul" qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi. Ingliz OAVlarining yozishicha, yarim himoyachining transferi taxminan 45 million evroni tashkil qiladi.
Jeyms Uord-Prouz joriy mavsumda “Sautgempton” safida barcha turnirlar doirasida 35 o'yinda 9 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!