"Inter" Brozovichni "Barselona"ga sotishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 70
"Inter" yarim himoyachisi Marselo Brozovich yozgi transfer oynasida "Barselona"ga o'tishi mumkin, deya xabar berdi La Gazette Dello Sport.
Manbaga ko'ra, "neradzurrilar" rahbariyati hozirda asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotgan futbolchini mavsum yakunida qo'yib yuborishga tayyor.
"Barselona" 30 yoshli xorvatiyalik futbolchini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Ular qishdayoq Brozovichni xarid qilmoqchi bo'lgandi.
Brozovichning sotuvidan "Inter" nafaqat pul ishlab olishi, balki maoshlar miqdorini ham tushirishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!