Nyu-Deli-2023. Navbahor Hamidovani mag'lub etgan raqib erkak bo'lib chiqqani uchun vatandoshimizga bronza medali taqdim etildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38
Hindiston poytaxti Nyu-Deli shahrida ayollar boksi bo'yicha jahon chempionati o'z yakuniga etdi. Unda ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Navbahor Hamidova bronza medali bilan taqdirlandi.
-66 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz chorak finalda jazoirlik Imane Xelifga imkoniyatni boy bergan edi. Keyinroq testoteron tekshiruvlari tashkilotchilarni shubhalantirgan, sababi jazoirlik sportchi erkak kishi bo'lishi mumkinligi taxmin qilindi. Natijada jazoirlik bokschi diskvalifikatsiya qilindi va va uning o'rniga Hamidova yarim finalchi sifatida qayd etildi.
Shu tariqa, bokschi qizlarimiz ketma-ket ikkinchi bor dunyo birinchiligini medal bilan yakunlashmoqda. Eslatib o'tamiz, bundan avval Turkiyada o'tgan JChda hamyurtlarimiz 2 ta bronza medaliga sazovor bo'lishgan edi.