Sulsher: «Mataning iste'dodi jamoaga katta yordam beradi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 685
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher ispaniyalik futbolchi Xuan Mata bilan shartnomani uzaytirish borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, Mankunyanliklar 31 yoshli yarim himoyachi bilan 2021-yilgi mavsumga qadar davom etadigan shartnomani imzolashga rozi bo'ldi.
"Xuan - ajoyib professional va men ishlagan eng aqlli futbolchilardan biri. U yosh futbolchilarimiz uchun ajoyib namuna. U "Manchester Yunayted" ni himoya qilish nimani anglatishini tushunadi. U yangi shartnoma imzolaganidan xursandman, chunki uning iste'dodi bebaho hissa qo'shishi mumkinligini bilaman " - deydi Sulsher.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!