Vadim Abramov: «Penaltilar seriyasiga tayyorgarlik ko'rmagandik»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 609
O'zbekiston Kubogining 1/16 final bosqichidan o'rin olgan «Bunyodkor» - «Metallurg» (2:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Vadim Abramov OAV xodimlarining savollariga javob qaytardi.
- O'ylashimcha, haqli ravishda g'alaba qozondik. Yana bilmadim, qolgan xulosani sizlar berasizlar. Bugun havo issiq bo'ldi, shunday havoda iroda namoyish qilgan shogirdlarimga minnatdorchiligimni bildiraman. Hisob o'yinga mos bo'ldi deb hisoblayman.
Penaltilar seriyaga tayyorgarlik ko'rmagandik. Darvozabonni jarohati sababli almashtirishga majbur bo'ldik. Penaltilar seriyaga tayyorgarlik ko'rmaganimizni sababli, Superliganing navbatdagi turida bizni yanada qiyin o'yin kutib turibdi. Safarda «Surxon» mehmoni bo'lamiz. «Surxon» va «Bunyodkor» turnir jadvalida bir-biriga juda yaqin turibdi. Shu bois o'yin qiyin kechadi.