Amerika Kubogi-2019. Argentina Paragvayni ham enga olmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 807
Amerika Kubogi musobaqasining 2-turidan o'rin olgan Argentina va Paragvay terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv o'z nihoyasiga etdi. Mazkur o'yinda durang natija qayd etildi.
Shu tariqa, Argentina ikkinchi turda ham g'alaba qozona olmadi va 1 ochko bilan so'nggi o'rinda bormoqda. Paragvay (2) esa ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Argentina so'nggi turda Qatar bilan o'ynasa, Paragvay birinchi o'rin masalasini hal qilib qo'ygan Kolumbiyaga qarshi bahs olib boradi.
Amerika Kubogi, 2-tur
Argentina – Paragvay 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 37 Sanches, 1:1 – 57, penalti Messi.
Argentina – Armani, Kasko, Talyafiko, Otamendi, Petstselya, Paredes, Lo Chelso, Pereyra (Aguero, 46), de Paul (Suares, 87), Messi, Martines (Di Mariya, 67).
Paragvay – Fernandes, Arsamendiya, Gomes, Piris, Alonso, Roxas, Roxas, Sanches, Almiron (Ortis, 87), Santander (Romero, 72), Gonsales (Eskobar, 90).
Ogohlantishlar: Gomes (32), Roxas (43), Armani (45), Piris (55), Talyafiko (80), Otamendi (83).