Kapello: "Yuventus" A Seriyadagi halokatga bardosh bermoqda"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34
Rossiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello "Yuventus"ning joriy mavsumdagi o'yini va natijalari haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Italiya chempionatida "Milan" va "Yuventus" haqiqiy falokatga uchradi. Avvaliga "Yuventus" favorit bo'lishini kutgandim. Jamoa mavsum boshida muammolarga duch keldi, chunki Pogba, Keza va Di Mariya uchrashuvlarda qatnashmadi va bu futbolchilar "Yuve"ning eng yaxshi futbolchilari. Bu uchlik muhim rol o'ynaydi, ularning yo'qligi tufayli ular bir necha ochko yo'qotishdi. Ular Chempionlar ligasidan chiqib ketishdi, ammo hozir ular Evropa ligasida yaxshi o'ynashmoqda” - dedi Kapello Marca nashriga.
Italiya chempionatining 27-turidan so'ng “Yuventus” 41 ochko jamg'arib, turnir jadvalida ettinchi o'rinda bormoqda.
Evropa ligasida jamoa 1/8 bosqichida Germaniyaning “Frayburg” jamoasini umumiy hisobda 3:0 hisobida mag'lub etib, chorak finalga chiqdi.