Ronaldino: "Messi faoliyatini "Barselona"da yakunlasa yaxshi bo'lar edi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 53
"Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Ronaldino "PSJ" hujumchisi Lionel Messining Kataloniya klubida faoliyatini yakunlashini istamoqda.
“Men Messining do'stiman. Men u uchun juda xursandman. Messining orzulari amalga oshayotganini ko'rish meni xursand qiladi. Men uchun Messi eng zo'r. Men uni baxtli ko'rishni istardim, qaerda ekanligi menga farqi yo'q. Uning "Barselona"dagi o'yinlaridan so'ng, u erda faoliyatini yakunlasa yaxshi bo'lardi", - deya Ronaldinoning so'zlarini keltiradi Marca.
35 yoshli hujumchi 2005 yildan 2021 yilgacha Kataloniya klubida to'p surgan. Keyin Messi "PSJ" bilan 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Argentinalik futbolchi joriy mavsumda frantsuz klubi safida barcha turnirlarda 32 ta o'yin o'tkazib, 18 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.