Alvaro Morata yana A Seriyaga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 42
Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Alvaro Morata faoliyatini “Milan”da davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi La Gazette Dello Sport.
Nashrning yozishicha, Italiya klubi rahbariyati Moratani yuqori saviyali hujumchi deb hisoblaydi va yozgi transfer oynasida unga taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda.
Ispaniyalik va “matraschilar” o'rtasidagi amaldagi kelishuv 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Joriy mavsumda u 26 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portaliga ko'ra futbolchining narxi 25 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!