Ter Shtegen Germaniya terma jamoasida birinchi raqamli darvozabon bo'lganiga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 44
Germaniya terma jamoasi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen terma jamoaning asosiy darvozaboni maqomini olish haqida gapirdi.
"Ular mendan so'rashdi, men rozi bo'ldim va hozirda men birinchi raqamliman. Aytadigan gapim yo'q. Oxir oqibat, o'yin har doim muhimroqdir. Men har doim birinchi raqam bo'lish maqsadini aniq belgilab kelganman va unga erishish uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman", - deya Ter Shtegenning so'zlarini keltiradi Germaniya terma jamoasi matbuot xizmati.
Avvalroq, qishki ta'tilda oyog'ini sindirib olgan "Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer termada birinchi raqamli posbon edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!