Klinsmann koreys futbolchilari bilan o'zaro aloqada qiynalmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 46
Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klinsmann til muammosidan shikoyat qildi - u avval koreys tilini o'rganmagan.
«Faoliyatimda birinchi marta tilini tushunmaydigan futbolchilar bilan ishlayapman. Bu qiyin. Men til o'rganishga qaror qildim va allaqachon kurslarga yozildim.
Chet tillarini yaxshi ko'raman», - deya Klinsmanning so'zlaridan iqtibos keltirgan Italiyaning ITASportPress axborot agentligi.
Germaniyalik mutaxassisning Janubiy Koreya terma jamoasi boshqaruvidagi debyuti Kolumbiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!