Lukaku Klozega etib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 45
Belgiya terma jamoasi hujumchisi Romelu Lukaku Shvetsiyaga qarshi uchrashuvda (3:0) xet-trik qayd etdi.
Hujumchi 2024 yilgi Evropa chempionati saralash bosqich o'yinining 35, 49 va 83-daqiqalarida gol urdi.
Squawka ma'lumotlariga ko'ra, Lukakuning Belgiya terma jamoasi safida urgan gollari soni 71 taga etdi – bu Evropa futbolchilari orasida beshinchi o'rinni bildiradi.
Bu orqali Romelu ilgari Germaniya terma jamoasida o'ynagan Miroslav Klozega etib oldi. Evropa to'purarlarining umumiy reytingida faqatgina Krishtianu Ronaldu, Ferents Pushkash, Robert Levandovski va Shandor Kochish Lukakudan yuqoriroqda joy olgan.
Belgiya terma jamoasi safida Romelu Lukaku 71 ta gol urish uchun 105 o'yin o'tkazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!