Saloh Afrika terma jamoasida 50 va undan ko'p gol urgan 7-futbolchiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 46
“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh Misr terma jamoasi safidagi 50-golini urdi.
30 yoshli futbolchi misrliklarning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan Afrika Millatlar kubogi saralash bahsida Malavi terma jamoasi darvozasini ishg'ol qildi. Squawka ma'lumotlariga ko'ra, Saloh Afrika terma jamoasi safida 50 va undan ko'p gol urgan ettinchi futbolchiga aylandi.
Bungacha Godfrey Chitalu (Zambiya), Kinna Firi (Malavi), Xossam Hassan (Misr), Dide Drogba (Kot-d'Ivuar), Samuel Eto'O (Kamerun) va Asamoa Gyan (Gana) shunday natijaga erishgan edi.
Muhammad Salohning Misr terma jamoasidagi debyuti 2011 yilda bo'lib o'tgan - o'sha paytda hujumchi 19 yoshda edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!