Niderlandiya terma jamoasi 7 nafar futbolchi xizmatidan foydalana olmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 45
Niderlandiya terma jamoasi Frantsiya va Gibraltar terma jamoalariga qarshi 2024 yilgi Evropa chempionati saralash turniri o'yinlari oldidan navbatdagi yo'qotishlarga uchradi, deb xabar beradi Niderlandiya Qirollik futbol ittifoqi rasmiy sayti.
Virusli infektsiya tufayli darvozabon Bart Verbryuggen, himoyachilar Sven Botman va Matteys de Ligt, yarim himoyachi Yoey Verman va hujumchi Kodi Gakpo terma jamoani tark etishdi.
Oldinroq Niderlandiya terma jamoasi yarim himoyachi Frenki de Yong va hujumchi Stiven Bergveynni jarohati tufayli yo'qotgan edi.
“Vitess” darvozaboni Kella Sxerpena, “Inter” himoyachisi Stefan de Vrey va “Bavariya” yarim himoyachisi Rayan Gravenberx terma jamoaga chaqirilgan.
Frantsiya va Niderlandiya o'yini 24 mart kuni bo'lib o'tadi. Niderlandiya - Gibraltar o'yini 27 mart kuniga belgilangan.