Indzagi mavsum oxirida "Inter"ni tark etishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 62
Milanning “Inter” klubi bosh murabbiyi Simone Indzagi mavsum yakunida ishsiz qolishi mumkin. Jurnalist Janluka di Martsioning yozishicha, “neradzurrilar” rahbariyati italiyalik mutaxassisning ishidan norozi.
“Inter” rahbariyatining fikricha, Indzagi qo'l ostidagi tarkibni hisobga olsak, ancha ishonchli natijalarni ko'rsatishi mumkin edi. “Neradzurri” A Seriyada peshqadam “Napoli”dan 21 ochkoga ortda qolmoqda.
Indzagi o'rniga nomzodlar orasida hozirda "Inter"ning sobiq yarim himoyachisi, hozirda "Bolonya"ni boshqarayotgan Tiago Motta ko'rib chiqilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!