“Milan” “Manchester Yunayted”ni dog'da qoldirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 97
"Portu" yarim himoyachisi Marko Gruich faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Telegraf xabariga ko'ra, 26 yoshli serbiyalik futbolchining xizmatlariga milanliklar qiziqish bildirmoqda. "Rossonerilar" futbolchini yozgi transfer oynasida sotib olishni kutmoqda.
Gruichning transferiga "Milan"dan tashqari "Manchester Yunayted" ham qiziqmoqda.
Joriy mavsumda Marko “ajdarlar” safida 30 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt ekspertlari uning narxini to'qqiz million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!