"PSJ"dan 150 million evro so'rashmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 185
"PSJ" ushbu yozda "Napoli" hujumchisi Viktor Osimxenni sotib olmoqchi, u hozirda 21 gol bilan Italiya A Seriyasining eng yaxshi to'purari hisoblanadi. Jurnalist Adrien Grenerning xabar berishicha, parijliklar klubi maslahatchisi Luish Kampush terma jamoadagi tanaffus vaqtida nigeriyalikning agentlari bilan uchrashishni rejalashtirgan.
Hozircha transferdagi mushkul nuqta - Osimxenga so'ralayotgan narx. "Napoli" o'z hujumchisi uchun 150 million evro talab qilmoqda, bu esa nigeriyalikni tarixdagi eng qimmat uchinchi futbolchiga aylantirishi mumkin.
Viktorning xizmatlariga Angliyaning ikki top-klubi “Chelsi” va “Manchester Yunayted” ham qiziqish bildirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!