Kanselu "Bavariya"da qolmoqchi, ammo...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 88
"Manchester Siti"dan ijara asosida nemis klubida o'ynayotgan "Bavariya" himoyachisi Joau Kanselu jamoada qolishni istaydi, deb xabar beradi Sky Germany.
Manbaga ko'ra, 28 yoshli portugaliyalik futbolchi doimiy ravishda "Bavariya"ga o'tish istagini bildirgan, biroq myunxenliklar shartnoma shartlariga ko'ra sotib olish varianti sifatida ko'rsatilgan 70 million evroni to'lashga tayyor emas. Qolaversa, “Barselona” Kanselu uchun kurashishga tayyor.
"Bavariya" himoyachini shu yilning yanvar oyida ijaraga olgandi. O'shandan beri u klub safida 9 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!