"Real" yana bir yosh iqtidorni qo'lga kiritadigan ko'rinadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 322
"Selta" yarim himoyachisi Gabri Veyga faoliyatini davom ettirish uchun ustuvor variantni belgilab oldi. Ispaniyalik futbolchi Angliya Premer-ligasi klubiga o'tishdan ko'ra "Real"ga o'tishni afzal ko'rmoqda.
Cadena SER xabariga ko'ra, Veyga haqiqatan ham futbolchiga qiziqish bildirgan "Real Madrid"ga o'tmoqchi. Ayni vaqtda ispaniyalik futbolchiga Londonning “Arsenal” va “Manchester Yunayted” klublari ham da'vogarlik qilmoqda.
Veyga joriy mavsum ligada 8 ta gol urdi. Madridning “Real” klubi yarim himoyachini Dortmundning “Borussiya” klubidan Jud Bellingem bilan birga sotib olishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!