Maguayrga chiqish eshiklari ko'rsatiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 82
«Manchester Yunayted» endi markaziy himoyachi Xarri Maguayr bilan hisoblashmaydi. Todofichajes xabariga ko'ra, «Manchester Yunayted» 30 yoshli futbolchini yozgi transfer oynasida sotishga hozirlik ko'rmoqda.
Himoyachining hozirgi narxi 25 million evroga baholanmoqda. Eslatib o'tamiz, «qizil iblislar» Maguayrni 2019 yilda «Lester»dan 87 million evaziga sotib olgandi.
Xarrining «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.
Angliya premer-ligasining joriy mavsumida himoyachi 11 ta bahsda qatnashib, uchta sariq kartochka oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!