«Sevilya» darvozaboniga tashlangan muxlis ozodlikdan mahrum etildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 49
«PSV» Marko Dmitrovichga hujum qilgan muxlisni 40 yilga stadionga kirishini taqiqladi.
Eslatib o'tamiz, Evropa ligasi pley-off bosqichi javob o'yini yakunida «PSV» va «Sevilya» o'rtasidagi bahsda gollandiyalik muxlis maydonga yugurib chiqib, «Sevilya» jamoasining serbiyalik darvozaboniga tashlandi.
Muxlis futbolchining yuziga zarba bergan edi. Muqaddam o'yinlar vaqtidagi qoidabuzarligi uchun ikki marta sudlangan 20 yoshli muxlis uch oylik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Bundan tashqari, prokuratura uni ikki yilga «PSV»ning uy stadionidagi uchrashuvlardan chetlatdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!